Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tahririy-nashriyot bo’limi

 jasur foto Ismailov Jasurbek Ravshanbekovich
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998712334521

+9989988064954

E-mail: dr.jasurbek@gmail.com

TDSHU tahririy-nashriyot bo‘limi vazifalari

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risola va monografiyalar, uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar hamda boshqa o‘quv adabiyotlari tahrir qilinib, chop etishga tayyorlanadi.

Adabiyotlarining o‘z vaqtida va talab darajasida chop etilishiga, ularni matbaa talablariga javob berishiga, muqova dizayniga, ilmiy badiiy saviyasining yaxshilanib borishiga e’tibor qaratiladi.

Tahririry-nashriyot bo‘limida universitet muassisligida chop etiladigan “Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental studies”, “Sharq mash’ali” hamda “Turkologiya. Turkology” jurnallari nashrga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Jurnallarning maqsad va vazifalari sharqshunoslik fanining, xususan, Sharq xalqlari va mamlakatlari madaniyati, tarixi, til va adabiyoti, san’ati, falsafasi, iqtisodi hamda siyosatshunosligi masalalariga oid dolzarb mavzularini o‘z sahifalarida muntazam yoritib borishdan iborat. Jurnallar 1 yilda 4 marta, ya’ni har chorakda bir chop etish joriy qilingan. Jurnallarning adadi 100 ta.

Shuningdek, universitet sayti uchun tayyorlangan materiallarni tahrir qiladi va saytga qo‘yish uchun taqdim etadi.

Tahririy-nashriyot bo‘limi xodimlar tarkibi

Tahririy-nashriyot bo‘limi zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun malakali xodimlarga ega. Bo‘limda 7 nafar ishchi xodim ishlaydi. 4 nafar muharrir, 2 nafar musahhih faoliyat yuritadi.

08.04.2024, 09:56 3046