Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU Alloma Tabotaboiy universitetida “O‘zbek tili” kurslarini yo‘lga qo‘ydi

28.10.2021, 20:47 Yangiliklar 1401

2021-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eron Islom Respublikasining yetakchi universitetlaridan biri Alloma Tabotaboiy universitetida “O‘zbek tili” kursining online darslarini yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur tadbirning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, Alloma Tabotaboiy universiteti rektori Abdollah Motamedi va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti qoshidagi Madaniyat instituti prezidenti Sarvar Baxti o‘zlarining kirish so‘zlari bilan ochib berdilar. Birgalikda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha xalqlarning o‘zaro do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, o‘zaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va O‘zbekiston haqida eronlik yoshlarga ko‘proq ma’lumot berishdan iboratligi alohida ta’kidlandi.
Ochilish marosimidan so‘ng, TDSHU “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari Hulkar Mirzahmedova va Mirzajon Qalandarovlar Alloma Tabotaboiy universiteti “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun birinchi darsni o‘tkazdilar.

TDSHU Matbuot xizmati