Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU delegatsiyasi Xitoyning Janubiy-Sharqiy universitetida ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

09.07.2026, 14:41 Yangiliklar 48

Xitoyning Janubiy-Sharqiy universitetida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Durbek Sayfullayev hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti Qahramon Haqberdiyev universitetning Madaniy meros (Arxitektura) ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida TDSHU huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros (Arxitektura) ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar mazkur hamkorlik ilmiy salohiyatni oshirish, tajriba almashish va madaniy merosni o‘rganish sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.