Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonovaga Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg‘a-e-imtiyaz” mukofoti bilan taqdirlandi

07.05.2024, 18:30 Yangiliklar 83

Avval xabar berganimizdek, TDSHU dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonova O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasi, jumladan urdu tilini rivojlantirishga qaratilgan beqiyos xizmatlari uchun 23-mart “Pokiston kuni” bayrami arafasida Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg‘a-e-imtiyaz” mukofoti bilan taqdirlangan edi.

_MG_34241

2024- yil 7- may kuni Pokiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida M.Abdurahmonovaga mukofotni topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

_MG_34243

Tadbirda TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

_MG_34244

_MG_34242

_MG_35432

_MG_35433