Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston va Turkiya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi: o‘zaro manfaatli hamkorlik dinamikasi va istiqbollari” mavzusidagi davra suhbatida

14.12.2021, 23:47 Yangiliklar 1439

Bugun, “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Turkiyadagi “Marmara Group” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar Jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Turkiya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi: o‘zaro manfaatli hamkorlik dinamikasi va istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

1

Davra suhbatida Tashqi ishlar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari hamda Toshkent davlat sharshunoslik universiteti “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri D.Salayev va kafedra dotsenti N.Xolmatov, “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchilari X.Azimov va A.Mamadjonovlar ishtirok etdilar.

3

Mazkur tadbirda ikki mamlakatning yetakchi “Aql markazlar” mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, o‘zaro manfaatli ikki va koʼp tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

TDSHU Matbuot xizmati