TDSHU professor-o‘qituvchilari Turkiyada “Mushtarak til — mushtarak xotira” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdilar
2026-yil 17-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Turkiyaning Rajab Tayyib Erdoğan universitetida “Mushtarak til — mushtarak xotira” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida turkiy xalqlarning mushtarak til va madaniy merosi, tarixiy xotirani asrab-avaylash, til va adabiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ikki universitet olimlari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib, turkiy tillar, adabiyot, tarjimashunoslik va madaniyat yo‘nalishlarida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur seminar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rajab Tayyib Erdoğan universiteti o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


