Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professorlarining turk tili leksikologiyasiga oid yangi o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi

15.07.2026, 11:37 Yangiliklar 36

Kuni kecha TDSHU professorlari Xayrulla Hamidov va Gulchehra Rixsiyevalarnıng “Turk tili. Leksikologiya. Frazeologiya. Leksikografiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashrdan chiqdi. Filol. f.d., prof. Abdurahim Mannonov mas’ul muharrirligida va  filol. f.d., dots. Samida Mustafayeva va filol. f.n.,dots. Abdumurod Tilavovlarning taqrizlari asosida nashr etilgan ushbu qo‘llanma mamlakatimiz OTMlarining “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” hamda “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo‘nalishlarida turk tilini asosiy sharq tili sifatida o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni yaratishda talabalarga turk tilini o‘rgatish jarayonida to‘plangan tajribalar, ta’lim jarayonida yuzaga kelgan uslubiy ehtiyojlar hisobga olindi. “Asosiy sharq (turk) tili leksikologiyasi” fani dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan, talabalarning turk tilini mukammal darajada o‘zlashtirishlari, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.