TDSHU talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Fayziyeva bilan ochiq muloqot mobaynida talabalar qonunlarni ishlab chiqish jarayonlari va bosqichlari, O‘zbekiston tashqi siyosati, parlament diplomatiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (xususan, qo‘mitalar)ning xalqaro munosabatlarni amalga oshirishdagi o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deputatlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar bilan davra suhbati yakunida yana uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.


