Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Liaoning pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

09.06.2026, 14:12 Yangiliklar 374

2026-yil 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universitetida “Xitoy–O‘zbekiston gumanitar almashinuvi va mintaqaviy sivilizatsiyalar o‘zaro o‘rganishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya hamda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi delegatsiya mazkur nufuzli tadbirlarda ishtirok etdi. Konferensiya doirasida universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda universitet prorektori Nodir Karimovga Liaoning pedagogika universitetining Faxriy professor unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yuksak e’tirof ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarning munosib e’tirofi sifatida baholandi.

Tantanali marosimda Liaoning pedagogika universiteti rahbariyati Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlik munosabatlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhim natijalar berayotganini qayd etdi.

Shuningdek, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilovchi muhim hujjat — “2+2” qo‘shma ta’lim dasturini uzaytirish to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi. Ushbu dastur talabalar uchun ta’limning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini esa Xitoyda davom ettirish imkoniyatini yaratib, xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, “2+2” dasturi talabalari o‘zlarining ta’lim va ilmiy faoliyati natijalarini taqdim etdilar. Liaoning pedagogika universiteti Partiya qo‘mitasi kotibi Lyu Xun xonim tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasiga kitoblar sovg‘a qilinib, ikki tomonlama akademik aloqalarning ramziy ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir doirasida Liaoning pedagogika universitetida “Xitoy–O‘zbekiston sivilizatsiyalari tadqiqot markazi”ning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar davomida akademik almashinuvlarni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

    WordPress Lab Woo Import Export Woo Quote a product Woo Shortcodes for Visual Composer Woo Stock Manage & Report Woo Time to Buy WooAffiliates – WordPress Plugin WooAffiliates – WordPress Plugin WOOATM- WooCommerce Accordions & Tab Manager BEAR - WooCommerce Bulk Edit and Products Manager Professional - Products bulk edit WooBooster – WooCommerce Compare, Live Search, Product Filter, Store Locator