Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Indoneziya Respublikasi Xalq Maslahatchilari Kengashi raisining rasmiy tashrifi doirasida TDSHU vakillari maxsus tadbirda qatnashdi

01.07.2026, 17:25 Yangiliklar 80

Indoneziya Respublikasi Xalq Maslahatchilari Kengashi raisi H. Ahmad Muzani janoblarining O’zbekistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan Indoneziya Respublikasining O’zbekiston Respublikasi va Qirg’iz Resbublikasi uchun Favqulodda va Muxtor Elchisi Prof. Siti Ruhaini Dzuhayatin xonimning Toshkentdagi qarorgohida delegatsiya a’zolari hamda hamkor mehmonlar bilan birgalikdagi maxsus tadbir o’tkazildi.

Tadbirga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Prof. Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universitet rahbariyati va indonezshunos professor-o’qituvchilari ham rasman taklif etildi.

Tadbir davomida Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti direktori dotsent N. Xodjayeva, Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi boshlig’i dotsent N. Abduganiyeva, oliy maktab katta o’qituvchisi B. Samigov ham so’zga chiqib delegatsiyaning tashrifi hamda tadbir yuzasidan o’z ijobiy fikrlarini bildirdilar. Bundan tashqari rais H. Ahmad Muzani janoblariga universitetda nashr etilgan Indonez tili darsligi va o’quv qo’llanmalari esdalik sifatida taqdim etildi.