Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU xalqaro grant sovrindorlarining taqdirlash marosimi

23.02.2022, 01:27 Yangiliklar 2255

Joriy o‘quv yilida Koreya Respublikasining “Korea Foundation” fondi tomonidan koreys tili, adabiyoti, iqtisodi, tarixi va siyosati bo‘yicha yosh tadqiqotchi va magistrantlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

2022-yilning 21-fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasida mazkur xalqaro grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ikkinchi kotibi Ko Gyon Nam, maslahatchi Kuk Chan Hyon, Koreya tarixi va madaniyati kafedrasining Koreya fondi volontyor o‘qituvchisi Choy So Yong hamda doktorant va magistrantlar ishtirok etishdi.

TDSHUning quyidagi talabalari Koreya fondining 31 900 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grantini yutib oldilar:

Hikmatullaeva Shahlo Sherzod qizi

Allamova Mahbuba Farxod qizi

Nosirova Malika Shuxrat qizi

Fozilova Madina Abduvosiqovna

Jumaeva Mohira Shermamat qizi

Abdullaeva Feruza Baxodir qizi

Turlibekova Oygul Ilyos qizi

Nazarqulova Nodira Baxtiyor qizi

Yusupova Gulchehra Alisherovna

Tairova Zarnigor Mamat qizi

Xalqaro grant sohiblariga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Kuk Chan Hyon tomonidan sertifikat hamda stipendiyalar topshirildi.

2 3 4 5 6 7 8 9

TDSHU Matbuot xizmati