TDSHUda “Burch” nomli nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 20-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Navoiylik Alisher boshchiligida “Shoir-u, she’r-u, shuur…” rukni ostidagi “Burch” nomli nazm va navo kechasi tashkil etildi.
Mazkur ijodiy kechada taniqli ijodkorlar, san’at vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, she’riyat va musiqa uyg‘unligidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida ma’noli she’rlar, jonli ijrolar hamda sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Kecha davomida adabiyot va san’atning inson qalbi hamda tafakkuridagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida adabiyotga, milliy san’at va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.















