TDSHUda Fuqaro va Mehnat Muhofazasi Instituti hamkorligida «Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» doirasida seminar-trening o’tkazildi
2026-yil 22-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Fuqaro va Mehnat Muhofazasi Instituti hamkorligida, «Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» munosabati bilan keng qamrovli seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening davomida, zilzilaga tayyorgarlik davlat va jamoatchilik uchun eng muhim omil ekanligi ta’kidlandi va zaruriy xavfsizlik choralarini amalga oshirish, muhim kommunikatsiyalar va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


Tadbir davomida, aholining zilzilaga qarshi tayyorligini oshirish uchun xavfsizlik qoidalari va favqulodda vaziyatlarda muhim poydevor bo‘ladigan umumiy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo’yicha ham tushunchalar berib o’tildi.
Ushbu seminar-trening universitet hududida va aholi yashash punkitlarida xavfsizligini ham ta’minlash, jamiyatning xavfsizlik madaniyatini oshirish va avariya xavfini kamaytirish bo‘yicha muhim jarayon bo’lib xizmat qiladi.

