Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi

09.10.2026, 17:36 Yangiliklar 78

9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy instituti anjumanlar zalida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi davlat muassasasi bosh mutaxassisi Mirzajonov Baxtiyor Murodjonovich ishtirok etib, bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot resurslarini himoya qilish, internet tarmog‘idagi mavjud tahdidlar va ularning oldini olish choralari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Yig‘ilish davomida kiberhujumlar, internet firibgarligi, fishing xabarlari, shaxsiy ma’lumotlar va xizmatga oid axborotlarning maxfiyligini ta’minlash, shuningdek, raqamli muhitda xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish, shubhali elektron xabarlar va havolalardan ehtiyot bo‘lish, axborot tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish hamda kiberxavflarning oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi.


Mazkur profilaktik tadbir universitet xodimlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, axborot xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish hamda raqamli muhitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirishga qaratildi.