Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Malaya universiteti professori ishtirokida online ma’ruza o’tkazildi

16.11.2023, 15:50 Yangiliklar 399

2023-yil 16-noyabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Malayziyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasida Malaya universiteti San’at va ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi professori Badrol Hisham bin Ahmad Nur tomonidan “Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari taraqqiyot yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil qilindi.

L79A0439

Ma’ruzada Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Ilham Tuah bin Illias, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori professor G.Rixsieva,  Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakultet dekani Z.Qodirov hamda Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

L79A0466

L79A0455