Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda talabalar uchun “Qanday qilib mahoratli tarjimon bo‘lish mumkin?” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

25.09.2026, 11:32 Yangiliklar 95

25-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalar uchun “Qanday qilib mahoratli tarjimon bo‘lish mumkin?” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda maxsus mehmon sifatida yuqori darajadagi tarjimon Farhod Kabilov ishtirok etib, talabalar bilan tarjimonlik kasbining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy tarjimonga qo‘yilayotgan talablar hamda ushbu sohada professional mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida tarjimonlik faoliyatida tilni mukammal bilish bilan bir qatorda, keng dunyoqarash, tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, nutq madaniyati va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash muhim ekani ta’kidlandi.

Farhod Kabilov o‘zining kasbiy tajribasi va faoliyati davomida orttirgan bilimlari bilan o‘rtoqlashib, tarjimonlikka qiziqayotgan yoshlar uchun amaliy tavsiyalar berdi. Shuningdek, tarjima jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar, turli vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuvni tanlash va professional tarjimon sifatida rivojlanish yo‘llari haqida fikr yuritildi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mehmon bilan tarjimonlik kasbining istiqbollari va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.