Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Turkiya madaniyati kunlari” doirasidagi navbatdagi tadbir

02.12.2021, 15:36 Yangiliklar 1386

Avval xabar berganimizdek, TDSHUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Turkiya madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2021-yilning 2-dekabrida navbatdagi tadbir uyushtirilib, unga  Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Ta’lim maslahatchisi Ali Eyyub Koca,  Ichki ishlar boʻyicha maslahatchi Murat Karausta, Tijorat maslahatchisi Abdulloh Yavuz Turker,  O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney, Turk-O‘zbek ishbilarmonlari Uyushmasi rahbari Erjan Bulutlar tashrif buyurdilar.

Dastur turk ishbilarmonlari tomonidan tashkillashtirilgan ish yarmarkasi bilan boshlanib, talabalar va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ta’lim, karyera, iqtisod masalalariga taalluqli savol-javob bilan davom etdi.

2

1

3

4

5

6

7

8

9

TDSHU talabalarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha tarovat baxsh etdi.

11

12

16

13

14

15

TDSHU Matbuot xizmati