Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Universitet Kengashining 11-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

01.07.2026, 18:27 Yangiliklar 148

2026-yil 1-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Universitet Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda Universitet Kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan shuningdek, yubiley munosabati bilan bir qator professor-o’qituvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari va buyruqlarining ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng kun tartibiga muvofiq 2025–2026-o‘quv yili yakunlari hamda universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, o‘quv yilining yakunlari, Registrator ofisi faoliyati, professor-o‘qituvchilarning ijro intizomi, KPI ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish, yozgi semestr va yakuniy davlat attestatsiyalari natijalari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning yarim yillik faoliyati monitoringi yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya hamda Shoislom Shomuhamedov nomidagi rektor stipendiyasiga nomzodlarni tavsiya etish masalalari muhokama qilindi. Universitet Kengashining 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot ham eshitildi.

Yig‘ilish davomida ilmiy monografiyalarni nashrga tavsiya etish, ilmiy daraja va ilmiy unvon olish uchun tavsiyalar berish, 2026/2027-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalari hamda amaliyot yo‘riqnomalarini tasdiqlash, ta’lim sifatini boshqarishga oid me’yoriy hujjatlar, masofaviy ta’lim bo‘yicha reyting me’yorlari, shuningdek, universitetning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati va tyutorlar faoliyati sarhisobiga oid masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachilar tomonidan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar taqdim etildi, ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.