TDSHUda xalqaro ilmiy ma’ruza bo‘lib o‘tdi
2026-yil 29-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Orientalizm, yevrosentrizm va dekolonial yondashuvlar: Sharq san’ati tarixini qayta yozish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzada “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti professori hamda Garvard universitetining Og‘akhon dasturi postdoktoral tadqiqotchisi Dilrabo Tosheva ishtirok etib, Sharq san’ati tarixini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida qayta tahlil qilish, dekolonial qarashlarning ahamiyati hamda global akademik maydondagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirokida qiziqarli savol-javoblar hamda ilmiy munozaralar bo‘lib o‘tdi.












