Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Yoshlar akademiyasi” forumi doirasida ma’ruza va mahorat darslari bo’lib o’tdi.

21.10.2023, 15:45 Yangiliklar 454

Joriy yilning 20-oktabr kuni TDSHUda “Yoshlar akademiyasi” forumi bo’lib o’tdi. Forumda yetakchi olimlar, mahoratli mentorlarning maʼruza va mahorat darslari tashkil qilindi.

L79A8548

Forumning birinchi qismida yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun TDSHU va Janubiy Koreya Yeungnam universiteti bitiruvchisi, Yeungnam universitetida ko‘p yillar dars bergan, 17 Hirsch indexga ega, 30 ga yaqin Scopus jurnallarida maqola nashr qilgan Markaziy Osiyo universiteti (Central Asian University) professori Alisher Dedahanovning “Ijtimoiy sohalarda tadqiqot olib borish uslublari” mavzusidagi ma’ruzasi boʻldi. Ma’ruza ingliz va o‘zbek tillarida, amaliy mashg‘ulot sifatida bo‘lib o‘tdi.

L79A8552

“Yoshlar akademiyasi” Forumining ikkinchi qismida talabalar uchun startap loyihalariga qaratilgan mahorat darslari tashkil qilindi.
Bunda dastlab TDSHU va Yaponiyaning Vaseda universiteti bitiruvchisi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Yashil sanoatlashtirish” loyihasi kengashi eksperti Juraxo‘jaev Bobur talabalar uchun “Barqaror rivojlanish uchun startaplar” mavzusida ma’ruza qildi.

L79A8558

Forum davomida U-ENTER Innovatsion markazi treniri Ilhom Aliyev “U-enter – Koica hamkorligida tashkil etilgan inkubatsiya-akselyaratsiya faoliyati” haqida hamda startaplarni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar berdi.

L79A8610

Forum so’ngida Accelerator CAT 4.0 g‘olibi, Yoshlar akademiyasi a’zosi, Kamoliddin Kushbakov “Startap loyihani amalga oshirishning asosiy sirlari” mavzusida seminar-trening oʻtib berdi.

L79A8624

L79A8615