Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Tailandning Maha Chulalongkorn Rajvidyalaya universiteti professori Phansak Boonyasopholphong tashrif buyurdi

06.05.2024, 16:09 Yangiliklar 147

2024- yilning 6- may sanasida TDSHU rahbariyati va Tailandning Maha Chulalongkorn Rajvidyalaya universiteti professori Phansak Boonyasopholphong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1

Samimiy o‘tgan uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston hududidagi buddizm obidalarini asrash va turistik maqsadlarda foydalanish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil qilishga kelishib oldi.

2

Shuningdek, TDSHUda bajarilgan loyiha asosida yaratilgan “Monuments of Buddhism” nomli ilova professorni juda qiziqtirdi.

3

Uchrashuv chogʻida mazkur ilovani maʼlumotlar bilan boyitish, uni Taylandda ham targʻib qilish reja qilindi.

Maʼlumot o‘rnida, professor Phansak Boonyasopholphong Surxondaryo viloyatida joylashgan buddizm obidalariga jonkuyarligi sababli Surxondaryo viloyatining Tailand qirolligida turizm sohasidagi elchisi maqomiga loyiq topilgan.