Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUning “Change Academy” dasturidagi ishtiroki

02.02.2022, 00:00 Yangiliklar 1774

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan loyiha va Britaniya Kengashi doirasida 2020-2021 o‘quv yilida “Change Academy” dasturi uchun 12 ta OTM saralab olindi. Unda Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti ishtirok etish uchun ariza topshirib, saralash bosqichidan o‘tib, Turkshunoslik fakulteti G’arb tillari kafedrasining katta o‘qituvchi, domlalar va iqtidorli talabalar mazkur loyiha doirasida 2021-2022 o‘quv yili davomida onlayn seminar treningda ishtirok etib kelmoqdalar.

“Change Academy” loyihasida qatnashishdan asosiy maqsad ESP sohasi bo‘yicha universitet miqyosida professor-o‘qituvchilarning malaka va o‘qitish amaliyotlarini oshirish, universitet vakillarining tashkiliy, moliyaviy va ilmiy barqarorlikka o‘tish uchun zarur ko‘nikmalarni (yetakchilik, boshqaruv, menejment) egallashga qaratilgan bo‘lib, ESP sohasida talaba yoshlarni o‘qitish va mutaxassisliklariga tayyorlashdan iboratdir.  Shu bilan bir qatorda ESP sohasida ta’lim olayotgan iqtisod, siyosat, tarix va turizm yo‘nalishlari bo’yicha turli xil qo’llanmalar va adabioyotlar tayyorlash ham loyihaning asosiy maqsadlaridan biridir.

“Professional Development center” nomi ostida innovasion markaz yaratish  va ushbu markaz orqali  o‘qituvchi va talaba yoshlar uchun bir qator shart sharoitlar yaratish ham maqsad qilib olingan. Hozirgi kunda ushbu loyiha bo‘yicha bir qator amaliy va nazariy ishlar aynan “Change Academy” bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati