Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUning g‘olib talabalari

2023-yilning 14-15 aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 4 ta oliy o‘quv yurti: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali va IIV talabalari o‘rtasida parlament munozaralari bo‘lib o‘tdi. Tadbir JIDU Debat klubi tomonidan tashkil etildi.

O‘yinda har bir oliy ta’lim muassasasidan to‘rtta jamoa ishtirok etib, har bir turda ikki bosqichdan o‘tib, to‘plangan ochkolarga ko‘ra musobaqani tark etdi. Jamoa ma’ruzachilari har bir turnirda o’z rollarini almashtirdilar va hukumat va muxolifatning dalillari bilan gaplashdilar. Jamoalar mavzulari o’yin boshlanishiga to’g’ridan-to’g’ri 15 daqiqa qolganda aniqlandi va har bir tur yangi kun tartibidan iborat edi.

Final yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Realistlar jamoasi” nomi ostidagi TDSHU vakillari Rizaboyeva Iroda va Usmonova Amiradan iborat jamoa egalladi. G‘oliblar o‘zlarini eng yaxshi tomondan ko‘rsatdilar va o‘z nuqtai nazarini kuchli dalillar bilan mustahkamlab, himoya qilish qobiliyatini namoyish etdilar.

Bahslar sifat jihatidan yangi tashkiliy bosqichda o‘tdi va TDSHU jamoasi bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirishga umid qilib qoladi.

11   22

01.05.2023, 14:58 866