TDŞU va Okayama universiteti hamkorligida “Japan Goes Global” xalqaro qöşma kursi doirasida beşta ma’ruza va seminar-trening ötkazildi
2026-yil 19-oktabrdan 16-noyabrga qadar Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti (TDŞU) Yaponşunoslik oliy maktabi hamda Yaponiyaning Okayama universiteti hamkorligida Japan Goes Global: Exploring Culture and Society in Japan and Central Asia” (“Yaponiya global miqyosda: Yaponiya va Markaziy Osiyo madaniyati hamda jamiyatini örganiş”) xalqaro onlayn qöşma kursi taşkil etildi.

Kursning metodologik konsepsiyasi Okayama universiteti dotsenti, PhD Saida Xalmirzayeva tomonidan işlab çiqilgan bölib, TDŞU Yaponşunoslik oliy maktabi boşliği, dotsent, PhD Nadira Xalmurzayeva bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Maşğulotlar ikki universitet professor-öqituvçilarining tandem şaklidagi ma’ruzalari va seminar-treninglari asosida olib borildi.
Xalqaro kursda jami 39 nafar talaba — Okayama universitetidan 22 nafar va TDŞUdan 17 nafar talaba iştirok etdi. Maşğulotlar Zoom platformasi orqali yapon va ingliz tillarida taşkil etilib, talabalar uçun ikki mamlakat madaniyati va jamiyatini qiyosiy örganiş, xorijiy tengdoşlari bilan bevosita muloqot qiliş hamda xalqaro akademik muhitda tajriba almaşiş imkoniyatini yaratdi.
Kurs doirasida TDŞUning beş nafar professor-öqituvçisi quyidagi mavzularda ma’ruza va seminar-treninglar ötkazdi:
– 19-oktabr — “Oilaviy an’analar va hayotning muhim bosqiçlari” (katta öqituvçi N.T. Tursunova);
– 26-oktabr — “Turmuş tarzi, uy-joy va böş vaqt” (öqituvçi D.X. Abduraximova);
– 4-noyabr — “Ovqatlaniş madaniyati” (PhD, dotsent G.B. Qosimova);
– 9-noyabr — “Maktab, universitet va mehnat madaniyati” (PhD, dotsent N.T. Xalmurzayeva);
– 16-noyabr — “Ommaviy madaniyat va köngiloçar soha” (katta öqituvçi M.A. Temirova).
Ma’ruzalarda özbek oilaviy qadriyatlari, milliy urf-odatlar, mahalla va haşar an’analari, mehmondöstlik, milliy taomlar, ta’lim tizimi, mehnat madaniyati, musiqa va zamonaviy ommaviy madaniyat kabi mavzular yoritildi. Şuningdek, Özbekiston va Yaponiya madaniyatidagi öxşaş hamda farqli jihatlar qiyosiy tahlil qilindi.
Maşğulotlar xalqaro hamkorlikdagi onlayn ta’lim (COIL — Collaborative Online International Learning) tamoyillari asosida taşkil etilib, ma’ruzalar, savol-javoblar, interfaol viktorinalar va aralaş guruhlardagi seminar-treninglarni qamrab oldi. Bu jarayonda talabalar özaro fikr almaşiş, jamoada işlaş, tanqidiy fikrlaş va xalqaro auditoriyada taqdimot qiliş könikmalarini rivojlantirdi.

Kursning asosiy natijalari:
– 5 ta tandem ma’ruza va 5 ta seminar-trening ötkazildi;
– ikki universitetdan jami 39 nafar talaba iştirok etdi;
– TDŞUning 5 nafar professor-öqituvçisi xalqaro akademik hamkorlik doirasida dars maşğulotlarini olib bordi;
– yapon tilida 5 ta taqdimot va tegişli işçi varaqlardan iborat öquv-uslubiy materiallar töplami yaratildi.
Mazkur xalqaro loyiha Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 4-maqsadi — Sifatli ta’lim hamda 17-maqsadi — Barqaror rivojlaniş yölidagi hamkorlik ijrosiga munosib hissa qöşdi. Xususan, talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantiriş, xalqaro ta’lim muhitini kengaytiriş va universitetlar örtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.
2026-yil 19-noyabr kuni Okayama universiteti dotsenti, PhD Saida Xalmirzayeva rahbarligida kurs iştirokçilarining yakuniy taqdimotlari va umumiy muhokamasi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Uşbu qöşma kurs TDŞU va Okayama universiteti örtasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, özbek madaniyati va milliy qadriyatlarini xalqaro miqyosda tarğib etiş hamda kelgusidagi qöşma ta’lim dasturlari va akademik almaşinuvlar uçun mustahkam zamin yaratişga xizmat qiladi.