Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞUda “XXI asr eronşunosligi va afğonşunosligi: til va adabiyot, siyosiy va tarixiy jarayonlar” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi

24.10.2026, 13:09 Yangiliklar 30

2026-yil 24-oktabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida “XXI asr eronşunosligi va afğonşunosligi: til va adabiyot, siyosiy va tarixiy jarayonlar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Konferensiya eronşunoslik va afğonşunoslik yönalişlaridagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qiliş, til va adabiyot, tarix, siyosat hamda madaniyat sohalaridagi tadqiqotlar natijalarini almaşiş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratildi.

Konferensiyda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor Saodat Nasirova, Eron Islom Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy, Imom Rezo xalqaro universiteti rektori, professor Ibrahim Danişifar, Alloma Tabotaboiy universiteti prorektori, professor Mandana Tişiyor, Fors tili öqituvçilari xalqaro assotsiatsiyasi direktori Mahbod Ghaffari iştirok etdi.

Şuningdek, xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalaridan professor-öqituvçilar, olimlar, tadqiqotçilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar qatnaşib, öz ilmiy izlanişlari va tadqiqot natijalarini taqdim etdilar.

Konferensiy doirasida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, eronşunoslik va afğonşunoslik böyiça zamonaviy tadqiqotlarni rivojlantiriş, ilmiy muassasalar örtasida tajriba almaşiş hamda yoş tadqiqotçilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yalpi majlisda afğon-özbek adabiy aloqalari, söğd tilining ayrim grammatik xususiyatlari, Eron, Özbekiston va Afğoniston ilmiy muassasalari örtasidagi hamkorlik istiqbollari, zamonaviy Eron-Afğoniston munosabatlari, paştu tili, fors luğatçiligi hamda zarduştiylikning falsafiy va antropologik jihatlari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Xususan, Oksford universiteti professori va Alloma Tabotaboiy universiteti Afğoniston tadqiqotlari xalqaro markazi direktori Sayid Askar Musaviy ilmiy muassasalar örtasidagi hamkorlik yönalişlari haqida ma’ruza qildi. Şuningdek, Özbekiston, Eron va boşqa mamlakatlar olimlari tomonidan tilşunoslik, adabiyotşunoslik, tarix va siyosatşunoslikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyaning ilmiy dasturi törtta şöbani qamrab oldi.
Birinçi şöba — “Fors, dariy va paştu tilşunosligining dolzarb masalalari”. Uşbu yönalişda fors, dariy va paştu tillarining grammatik, leksik, lingvistik va pragmatik xususiyatlari, terminologiya, til öqitiş metodikasi, tarjimaşunoslik hamda Markaziy Osiyoda fors tili va adabiyotini örganiş istiqbollari muhokama qilindi.

Ikkinçi şöba — “XXI asr adabiyotşunosligining dolzarb masalalari”. Mazkur şöbada mumtoz va zamonaviy fors adabiyoti, Eron va Afğoniston adabiy jarayonlari, badiiy obrazlar, şe’riyat, nasr, matnşunoslik va tarjima masalalariga bağişlangan ma’ruzalar tinglandi.

Uçinçi şöba — “Forsiyzabon xalqlar ijtimoiy tafakkuri: falsafa, tasavvuf va madaniyat”. Unda forsiyzabon xalqlarning falsafiy merosi, tasavvuf, ijtimoiy tafakkur, axloqiy kamolot, madaniy özlik va tarixiy-madaniy aloqalar bilan boğliq ilmiy masalalar tahlil qilindi.

Törtinçi şöba — “Eron va Afğonistondagi ijtimoiy-siyosiy, tarixiy jarayonlar va zamonaviy xalqaro munosabatlar”. Uşbu yönalişda Eron va Afğonistonning tarixiy taraqqiyoti, zamonaviy siyosiy jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, migratsiya, iqtisodiy aloqalar va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Şöbalarda Özbekiston, Eron, Afğoniston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozoğiston, Ukraina, Bangladeş va boşqa mamlakatlarning ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari ma’ruzalari bilan iştirok etdilar. Ayrim ma’ruzaçilar xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida masofaviy şaklda ham qatnaşdilar.

Konferensiyada professor-öqituvçilar va tajribali olimlar bilan bir qatorda doktorantlar, mustaqil tadqiqotçilar, magistrantlar hamda talabalar ham öz ilmiy işlari bilan iştirok etdilar.
Yoş tadqiqotçilar tomonidan fors, dariy va paştu tillarining öziga xos xususiyatlari, mumtoz adabiy meros, tarixiy manbaşunoslik, Eron va Afğonistonning siyosiy tarixi, madaniy aloqalar va zamonaviy xalqaro munosabatlarga oid mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.

Mazkur jarayon yoş olimlar uçun ilmiy tajriba almaşiş, öz tadqiqotlarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etiş, xorijiy mutaxassislar bilan fikr almaşiş va kelgusidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yölga qöyişda muhim imkoniyat yaratdi.

Konferensiya eronşunoslik va afğonşunoslik yönalişlarida olib borilayotgan ilmiy izlanişlarni yanada rivojlantiriş, tarixiy va madaniy merosni çuqur örganiş, zamonaviy siyosiy jarayonlarni ilmiy tahlil qiliş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qildi.

Konferensiy yakunida ma’ruzalar yuzasidan fikr almaşildi, muhokama va munozaralar ötkazildi hamda konferensiya doirasida kötarilgan ilmiy masalalarning ahamiyati qayd etildi.

Mazkur xalqaro ilmiy anjuman Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining şarq mamlakatlari tillari, adabiyoti, tarixi, madaniyati va zamonaviy siyosiy jarayonlarini örganiş, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytiriş hamda yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş borasidagi faoliyatining muhim yönalişlaridan biri böldi.