Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

09.07.2026, 19:51 Yangiliklar 32

TDSHU prorektori N. R. Karimov mazkur konferensiyada «HAKIM TERMIZIYNING ILM AN-NAFS KONSEPSIYASI VA UNING ZAMONAVIY ISLOM PSIXOLOGIYASIDAGI O‘RNI» mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur nufuzli konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, islom ma’rifati va ilmiy merosini chuqur o‘rganish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lgan “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi forum doirasida tashkil etilmoqda.

Konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq davlati, jumladan, Iordaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Jazoir, Italiya, Misr, Turkiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 25 ga yaqin islom olamining taniqli ulamolari, musulmon mamlakatlari muftiylari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.