Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIda innovatsion – “Tandem” darslari yo‘lga qo‘yildi

29.01.2020, 21:57 Yangiliklar 1680

2020-yilning 27-yanvaridan e’tiboran Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Gulchexra Rixsiyeva hamda Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanovalar tashabbusi bilan Koreyashunoslik fakultetida “Tandem” darslari tashkil etildi.Ushbu innovatsion darsda Koreya Respublikasining Hankuk chet tillari universitetidan 7 nafar hamda Koreyashunoslik fakulteti Sangmyong va Kyungdong qo‘shma dasturlari doirasida tahsil olayotgan 7 nafar, jami 14 nafar talaba  ishtirok etmoqda.Tandem o‘zi nima? Tandem darslari qanday amalga oshiriladi? “Tandem” soʻzi nemis tilidan olingan bo‘lib, “ikki kishi boshqaradigan velosiped” ma’nosini ifodalaydi. Tandem darslari oʻquv jarayonidagi odatiy darslardan farq qiladi. Ushbu  darslarda biror bir faoliyat turini yoki biror vazifani amalga oshirishda juftlik asosida harakat qilish nazarda tutiladi. Tandem darslarida koreyalik va o‘zbekistonlik talabalar birgalikda, oʻzaro hamkorlikda vazifalarni amalga oshiradilar.Darslar  asosan, talabalar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchi talabalarga mustaqil ish va vazifa beradi, soʻngra, ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Berilgan mustaqil ish va vazifalar milliy madaniyat markazlari, shaharning diqqatga sazovor joylari va boshqa joylarda bevosita bajarilib, darsga taqdimot hamda insho ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu darslar  talabalarning oʻquv jarayoniga boʻlgan qiziqishni oshiribgina qolmay, ikki davlat talabalari oʻrtasida oʻzaro ahillik va hamjihatlikda harakat qilish tushunchalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

photo5300860349555256363-300x142 photo5300860349555256361-300x300 photo5298987769584004201-300x300 photo5298987769584004199-300x300