Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Kyongdong universitetining rektori Djon Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi

07.01.2020, 19:47 Yangiliklar 1377

2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Kyongdong universitetining rektori Djon Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuvda o‘tgan davr mobaynidagi universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Uchrashuvdan so’ng Kyongdong universiteti rektori  Djon Li  “Koreyashunoslik” fakultetining  Kyongdong universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan  qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mazkur qo‘shma dastur doirasida tahsil olayotgan 9 nafar talabalarning 2020-yil yoz oyida Kyongdong universitetida 1 oylik stajirovka o‘tashlariga kelishildi. Tashrif so’ngida Kyongdong universiteti vakillari ToshDSHI rahbariyatiga iliq qabul uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilib, kelgusida universitetlararo o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga umid bildirishdi.

photo_2020-01-08_17-50-17-300x20 photo_2020-01-08_17-50-15-300x20 photo_2020-01-08_17-50-14-300x20 photo_2020-01-08_17-50-13-300x20