Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning Rissho universiteti hamkorligida “IPAK YO‘LI VA YANGI TURIZM” nomli simpozium tashkil etildi

13.05.2024, 15:14 Yangiliklar 206

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli qarorida TDSHUga O‘zbekistonning turistik imkoniyatlarini xorijda targ‘ib qilish vazifasi yuklangan edi.

photo_2024-05-11_11-01-43

Shu qarorning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning Rissho universiteti hamkorligida “IPAK YO‘LI VA YANGI TURIZM” nomli simpozium tashkil etildi.

photo_2024-05-14_09-14-32

Rissho universiteti rektori Eichi Terao o‘z nutqida simpozium ishtirokchilarni qutladi. TDSHU va Rissho universiteti o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlariga baho berib, ularning istiqbollari bo‘yicha ma’lumot berdi.

photo_2024-05-14_09-14-29

TDSHU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Durbek Sayfullayev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasiga berilayotgan e’tibor, TDSHU tomonidan turizmni rivojlantirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlar, yapon turistlari uchun O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

photo_2024-05-11_11-04-07

Asosiy ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqqan Qahramon Haqberdiyev “O‘zbekistonda etnoturizm”, Nodir Karimov “O‘zbekistonning ziyorat turizm imkoniyatlari”,  Rissho universiteti vakillari Fukase Kozo “Vino sanoati va Yaponiyada vino turizm”,  Kawazoe Watarular “Yaponiyada diniy turizmning xilma-xilligi” nomli ma’ruzalari yapon tinglovchilarida  katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, TDSHUda ishlab chiqilgan Surxondaryoda joylashgan buddizm obidalari haqida ma’lumot beradigan “Monuments of Buddism”  mobil ilovasining taqdimoti amalga oshirildi. Simpozium yakunida yaponiyalik tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javob olishdi. Javoblar doirasida Boysun, Rishton,  Chust,  Yangiqo‘rg‘on tumanlarining turistik imkoniyatlari ham targ‘ib qilindi.

Tadbirda Rissho universiteti professorlari,  talablari,  Tokiyoning Sinagava prefekturasida yashaydigan aholi,  O‘zbekistoning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi.