Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlarida universitet boshqaruvi” pilot loyihasda ishtirok etdi

08.10.2026, 21:54 Yangiliklar 53

2026-yil 8-oktabr kuni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida universitet boshqaruvi” pilot loyihasi doirasida ilk “ Boshqaruvda sun’iy intellekt va texnologiyalar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Boshqaruvda sunʼiy intellekt va texnologiyalar” mavzusiga bagʻishlandi.

Seminar-trening Oliy taʼlim tashkilotlari boshqaruvi pilot dasturining bir qismi boʻlib, dastur 2026-yil sentyabridan 2027-yil 1-apreliga qadar amalga oshiriladi. Pilot loyihada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan birga Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nukus davlat universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti ishtirok etmoqda.

Seminar davomida vazirlik masʼullari loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek, universitet boshqaruvi toʻgʻrisidagi nizomni oliy taʼlim tashkilotlarida sinovdan oʻtkazish jarayoni haqida maʼlumot berdi. Britaniyaning Advance HE tashkiloti direktori o‘rinbosari Aron Porter taqdimot bilan chiqib, boshqaruv jarayonlarida sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yoʻnalishlar borasida taqdimot qildi.

Loyiha universitetlarda boshqaruv kengashlarining samaradorligi, xavflarni boshqarish, boshqaruv organi aʼzolari va ijroiya rahbariyati oʻrtasidagi hisobdorlik, manfaatdor tomonlar, jumladan talabalar va xodimlar vakilligi, shuningdek shaffoflik va jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni mustahkamlashga qaratilgan.