Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida “Oriental” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatini boshladi

03.05.2023, 20:51 E'lonlar 946

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida “Oriental” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatini boshladi

 03.05.2023, 20:51E’lonlar  700

Universitet Ilmiy Kengashining 2023 yil 1-apreldagi 8-sonli qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida “Oriental” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda uch xil yo‘nalishdagi psixologik xizmatlar tashkil etiladi.

Birinchidan : individual psixologik konsultasiya

Ikkinchidan : qisqa muddatli (10 kunlik) psixologik kurslar

Uchinchidan : davlat va nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalariga korparativ psixologik xizmatlar  ko‘rsatish.

Biz tomonimizdan quyidagi taklif etilayotgan qisqa muddatli (10 kunlik) psixologik kurslarda ishtirok etib, kursni tugalaganlik bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlanasiz.

Qisqa muddatli kurslar yonalishlari:

  • Neyrografika;
  • Psixogimnastika;
  • O‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini anglash;
  • Shaxsiy psixologik muammolar;
  • Ongning boshqarish sirlari;
  • Stress va depressiya, surunkali tushkun kayfiyat;
  • Oilaviy munosabatlar munosbatlari;
  • Baxtli bo‘lish sirlari;
  • Bola tarbiyasida ota-onalarda uchrayotgan xatolar;
  • Ijodiy resurslarni ishga solish sirlari;
  • Boshqaruvning zamonaviy texnologiyalari;
  • Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishning innovatsion texnologiyalari;
  • Pedagogik malaka va qobiliyatlarni rivojlantirish;

Davlat va nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalariga korparativ psixologik xizmatlar  ko‘rsatish yo‘nalishlari:

– Jamoada ijtimoy-psixologik muhitni yaxshilash;

– Rahbar va hodim munosabatlari;

– Kasbiy stress va kasbiy so‘nish holatlarini tashxislash va bartaraf etish;

– Samarali faoliyatni yuzaga keltiruvchi psixologik resurslar;

 

Psixologik xizmatlar, trening va konsultatsiyalar malakali soha mutaxassislari tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Shaxsingizni rivojlantirish uchun sarmoya tiking! O‘zingizdagi potensial resurslarni bilishni va uni faoliyatingizga safarbar etishni xohlaysizmi, unda bizga murojaat qiling va yuksaling.

Murojaat uchun tel: +998903330330, +998911345973, +998997976810, +998903479906, +998935835833

Manzil: Toshkent sh, Mirobod tumani, Shaxrisabz, 16

Mo‘ljal: Oybek metro. Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti.

Ro‘yhatga olish vaqti: 9 :00 dan 18 :00 gacha

photo_2023-06-19_09-53-50