Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi boshlig‘i xalqaro miqyosdagi nufuzli lavozimga tayinlandi

21.09.2026, 09:49 Yangiliklar 158

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi boshlig‘i, DSc, dotsent Ochilov Ozodjon Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli tashkilotlaridan biri tomonidan muhim vazifaga loyiq topildi.
Hujjatga muvofiq, Ochilov Ozodjon Gansu provinsiyasi YUNESKO Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston taʼlim sohasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha ekspert hamda «Gansu YUNESKO axborotnomasi» («甘肃教科文通讯») jurnalining tahririyati a’zosi etib tayinlandi.
Mazkur nufuzli vazifaga tayinlash bo‘yicha rasmiy taklifnoma 2026-yil 18-sentabr sanasida taqdim etilgan bo‘lib, uning amal qilish muddati 2026-yil 18-sentabrdan 2031-yil 15-iyulga qadar etib belgilangan.
Ushbu xalqaro eʼtirof va hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida, xususan, taʼlim va ilmiy-gumanitar yo‘nalishlardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.