Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish uyushmasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

21.08.2022, 15:05 Yangiliklar 1096

2022- yil 20- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Kazuo Morimoto bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish uyushmasi 2000 yil AQSh Pensilvaniya shtatida Eron va uning atrofidagi forsiyzabon jamiyatlar madaniyati va sivilizatsiyasini o‘rganishga qiziquvchi olimlar va tadqiqotchilarni birlashtiruvchi nodavlat-notijorat tashkilot sifatida ta’sis etilgan. Uyushma tomonidan “Fors tadqiqotlari” nomli ilmiy jurnal va har yarim yilda axborot byulleteni nashr etiladi. Shuningdek, konferentsiyalar materiallari to‘plamlari, monografiyalarga taqrizlar chop etib boriladi. Uyushma tomonidan har ikki yilda xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkaziladi. Ilmiy anjumanlari Dushanbe (2000), Yerevan (2004), Tbilisi (2007, 2018), Lahor (2009), Haydarobod (2012), Sarayevo (2013), Istanbul (2015) shaharlarida o‘tkazilgan.
Kazuo Morimoto Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish uyushmasi raisi vazifasini bajarish bilan birga Tokio universitetining Islom va Eron tarixi instituti professori sifatida ham faolit olib boradi.
Kazuo Morimoto 2025 yilda fors tili va adabiyoti, Eron tarixi, madaniyatiga oid mavzular muhokama qilish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish uyushmasining xalqaro ilmiy konferentsiyasini o‘tkazishni taklif etdi.

photo_2022-08-21_14-59-34

photo_2022-08-21_14-59-40

photo_2022-08-21_14-59-52