Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

13.07.2026, 14:30 Yangiliklar 54

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari hamda Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD)ning Markaziy Osiyo mintaqaviy markazi direktori Dr. Gisela Zimmermann va DAAD Markaziy Osiyo mintaqaviy markazining Oʻzbekiston bo‘yicha vakili Kanybek Sydykbekov ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xalqaro ilmiy loyihalar va grant dasturlari, doktorantura va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlik qilish istiqbollari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar uchun DAAD grant va stipendiya dasturlarining imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, akademik almashinuvni rivojlantirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va o‘zaro aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv chog‘ida Dr. Gisela Zimmermann joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qilib, ushbu safar doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurish istagini bildirdi. Mazkur tashrif davomida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish rejalashtirilmoqda.