Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Warwick universiteti bilan hamkorlikda ESP Language Hub markazi ochildi

11.04.2026, 12:50 Yangiliklar 525

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Warwick universiteti bilan hamkorlikda ESP Language Hub markazi ochildi.

Mazkur markaz O‘zbekistondagi ESP (English for Specific Purposes) yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish, seminarlar, treninglar va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

ESP Language Hub markazi doirasida:

ESP bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi,
seminar va treninglar tashkil etiladi,
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Markaz rahbari — Warwick universiteti professori Kamila Tangirova. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan markaz koordinatori — dotsent Saodat Saidakbarova.

Ushbu markazning ochilishi O‘zbekistonda ESP ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sohaga oid ilg‘or tajribalarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuvda Warwick Universititeti professorlari Kamila Tangirova va Fiona Kopland o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlikda “Ipak yo‘li davlatlari tarixidagi buyuk ayol shaxslar” loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Unda loyiha bo‘yicha monografiya chop etishga kelishildi.