Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkentdagi Yunus Emre Turk madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv

15.07.2026, 11:28 Yangiliklar 24

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkentdagi Yunus Emre Turk madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari hamda ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida universitetda turk tili va adabiyoti yo‘nalishida ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Yunus Emre instituti ko‘magida malakali turk tili va adabiyoti o‘qituvchisini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Anqaradagi Yunus Emre instituti Bosh qarorgohi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. Shu munosabat bilan memorandum loyihasini tayyorlash va uni Yunus Emre institutining Bosh qarorgohi bilan kelishilgan holda imzolash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.