Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

To‘siqsiz kampus strategiyasi va siyosati

Universitetda nogironligi bo‘lgan shaxslar, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar va xodimlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan to‘siqsiz kampus strategiyasi va siyosati joriy etilgan. Ushbu siyosat doirasida kampus infratuzilmasi panduslar, moslashtirilgan kirish-chiqish yo‘laklari va maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ta’lim, yashash va ijtimoiy xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. Universitet kamsitmaslik tamoyiliga amal qiladi va barcha uchun inklyuziv, xavfsiz hamda qulay muhitni shakllantirishni ustuvor vazifa deb biladi.

Universitetimiz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kampusning oson kirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida inklyuziv infratuzilma va qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan. Kampus panduslar bilan jihozlangan bo‘lib, kirish va chiqish joylarida jismoniy to‘siqlar mavjud emas, bu esa erkin harakatlanishni ta’minlaydi.

Nogironligi bo‘lgan talabalar o‘quv va darsdan tashqari infratuzilmalardan, jumladan kutubxona va sport zallaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular ta’lim va jismoniy faoliyatlarda faol ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, qulay va moslashtirilgan hojatxonalar hamda ovqatlanish joylari mavjud.

Universitet nogironligi bo‘lgan talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashda ustuvorlik beradi va ularga birinchi navbatda joy ajratadi. Bundan tashqari, bunday talabalar maxsus kvotalar asosida qabul qilinib, oliy ta’limga teng imkoniyatlar yaratiladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni kamsitmaslik siyosati mavjud. Ushbu siyosatga muvofiq, universitet tomonidan ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, universitetda psixologik maslahat xonasi mavjud bo‘lib, unda talabalar uchun ruhiy salomatlik va psixologik farovonlik bo‘yicha muntazam seminarlar, treninglar va ma’ruzalar o‘tkaziladi.

Talabalar farovonligini ta’minlash maqsadida kampus hududida ona va bola xonasi hamda tibbiyot xonalari faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari bilan ta’minlaydi.

Ijtimoiy himoya va moddiy yordam ko‘rsatish doirasida, universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi rayosatining qarori va tavsiyasiga asosan, 2025 yilda universitet ma’muriyati tomonidan 66 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarga oila ehtiyojlari, tadbirlar o‘tkazish, sog‘liqni tiklash hamda dori-darmon xarid qilish uchun 231 192 304 so‘m miqdorida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Og‘ir oilaviy sharoit, ota-onasining vafoti, kam ta’minlanganlik va nogironlik sababli 6 nafar talabaga 21 750 966 so‘m miqdorida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Umuman olganda, universitetimiz barcha talabalar va xodimlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi inklyuziv va to‘siqlarsiz muhit yaratishga intiladi.

04.04.2026, 11:23 219

    WordPress Lab Cohubz – Creative Hub & Coworking Space Elementor Template Kit Coin Market Cap & Prices - WordPress Cryptocurrency Plugin Coinary – Blockchain Cryptocurrency & Bitcoin Elementor Template Kit CoinOne – Cryptocurrency Elementor Template Kit Coinpress – Cryptocurrency Pages for WordPress Coinpress | ICO Cryptocurrency Magazine & Blog WordPress Theme Coinyx – Cryptocurrency Blockchain & Bitcoin Elementor Template Kit Coisso – Life Coach Elementor Template Kit Colabora – Creative Digital Agency Elementor Template Kit Colf – Golf Course and Club WordPress Theme