Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

UI GreenMetrics xalqaro reyting agentligida TDShU ishtiroki

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo`limi boshlig`i N.Imamova 2023-yilning 26-27-mart kunlari Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan O‘zbekiston Universitetlari uchun birinchi UI GreenMetric jahon universitetlari reytingi milliy forumida ishtirok etdi. Mazkur forum davomida UI GreenMetric Ekspert a’zosi Prof. Ir. Gunawan Thahjono so’zga chiqib, UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi va UI GreenMetric a’zoligi to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Ushbu forum O‘zbekiston Universitetlarida joylashuv va infratuzilma, energiya va iqlim o‘zgarishlari, suv, transport va ta’limni boshqarish masalalariga bag‘ishlandi. O‘zbekiston universitetlari uchun tashkil etilgan ilk UI GreenMetric jahon universitetlari reytingi milliy forumida TDShU vakili sifatida ishtirok etgan Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Imamova ham faol ishtirok etib, universitet reytingini oshirishga qaratilgan UI GreenMetric aloqalarini rivojlantirish borasida o‘zining fikrlarini berib o‘tdi hamda kelgusi yildan TDShUning UI GreenMetric a’zoligiga o‘tishi ustuvor maqsad qilib belgilandi.

collage

13.06.2023, 13:25 603