Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Ulug‘ ajdodlarimiz merosi yosh sharqshunoslar talqinida”

12.02.2020, 15:00 Yangiliklar 3179

12-fevral kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining Mumtoz filologiya kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunlari munosabati bilan “Ulug‘ ajdodlarimiz merosi yosh sharqshunoslar talqinida” nomli tadbir uyushtirildi. Tadbirni institut rektori fil.f.n., dots. G.Sh. Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida institut rektori bo‘lg‘usi yosh mutaxassislarga mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining ijodlarini chuqur o‘rganish, ular qoldirgan bebaho asarlarni tadqiq etish masalalariga jiddiy e’tibor berish kerakligini uqtirdi. Shu bilan birga, fakultet hamda institut miqyosida navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini tashkil etish, ijodkorlar ijodidan namunalarni yod bilish har bir sharqshunos uchun muhim ekanligini ta’kidladi.Tadbir davomida navoiyshunos (prof. B.To‘xliev) va boburshunos (fil.f.n. B.Rajabova) olimlar chiqishlari bilan talabalarga o‘z izlanish natijalarini ma’ruza qildilar. Tadbirga talabalarning Navoiy va Bobur ijodi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi o‘zgacha zavq berdi. Ayniqsa, “Nihol” mukofoti sovrindori Ilyosjon Arabovning Navoiy va Bobur g‘azallaridan kuylagan qo‘shiqlari o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbirni Sevimli telekanali ham yoritdi.

photo_2020-02-13_11-03-35-300x225 photo_2020-02-13_11-03-32-300x225 photo_2020-02-13_11-03-24-300x225

    WordPress Lab Future – AI Agency & Technology WordPress Theme FX Movers – Moving & Storage Company Elementor Template Kit Gabo – Minimalist & Full-Screen WordPress theme Gabriela – Crafted Blog WordPress Theme Gadden – Garden Landscaper WordPress Theme GadgetFIX – Gadget, Smartphone & Laptop Repair Services Template Kit Gaea – Environmental WordPress Theme Gags – Image, Meme & Video Sharing WordPress Theme Gaia - Agriculture & Organic Farming Elementor Template Kit Gainlove – Nonprofit Charity WordPress Theme