Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Urdu tili, adabiyoti, Pokiston madaniyati va tarixi

Sharaxmetova Muxlisa Ansaritdinovna Sharaxmetova Muxlisa Ansaritdinovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, PhD
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998946490233
E-mail: muxlisa_sharaxmetova@tsuos.uz

“Urdu tili, adabiyoti, Pokiston madaniyati va tarixi” Kafedrasi

1947-yil Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishgach, O‘zbekistonda hindiy va urdu tillarini o‘qitish yangi bosqichga ko‘tarildi. Mustaqil Hindiston va Pokiston davlatlarining tengdoshi bo‘lmish Janubiy Osiyo tillari kafedrasiga Toshkent davlat universiteti Sharq fakultetining tarkibida 1947-yilda asos solingan edi. Ushbu dargoh keyinchalik til va adabiyotga oid qator o‘quv materiallariga ega boʻldi. Ular orasida hindiy tili va adabiyotiga oid oʻquv qoʻllanmalar bilan bir qatorda V.S.Moskalyovning “Urdu tili xrestomatiyasi” va “Urducha-ruscha so‘zlashuv kitobi”,  R.M.Muhammadjonovning 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “Urdu tili darsligi”, O.N.Shomatovning “Janubiy hindustoniy tili xrestomatiyasi”, T.X.Xolmirzayevning, A.P.Ibrohimovning “Urducha-o‘zbekcha lug‘ati”, M.H.Abdurahmonovaning “Urdu-hindiy tillari qo‘shma gap sintaksisi”, “Urducha-o`zbekcha mushtarak so`zlar lug`ati” hamda “Urdu tili xrestomatiyasi” va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish lozim.

2009-yilda kafedra mudiri, professor Ansoriddin Ibrohimov tomonidan Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Pokiston markazi” tashkil etilgan bo‘lib, u yerda urdu tilini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy anjumanlari, seminarlari, turli uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

2022-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida “O‘zbekiston va Pokiston: hamkorlik aloqalarining buguni va istiqbollari” ilmiy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi ochildi va hozirda faoliyat yuritmoqda.

TDSHU dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonova O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasi, jumladan urdu tilini rivojlantirishga qaratilgan beqiyos xizmatlari uchun  23-mart “Pokiston kuni” bayrami arafasida  Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg‘a-e-imtiyaz”  mukofoti bilan taqdirlandi. 2024- yil 7- may kuni Pokiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida dotsent M.Abdurahmonovaga mukofot tantanali ravishda topshirildi.

Urdu_uzb (1) Urdu_uzb (2)

Kafedraning ilmiy loyihasi:

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari urdu tilshunosligi va Pokiston adabiyoti yo‘nalishlarida olib boriladi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarning natijalari monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda.

Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar.

Kafedra ilmiy yo‘nalishlari:

  • Urdu tilshunosligining nazariy muammolari.
  • Urdu adabiy tili va shevalari; til uslublari; o‘zaro ta’sir masalalari.
  • Urdu-o’zbek tillari qiyosiy tilshunoslik masalalari
  • Sotsiolingvistika masalalari
  • Urdu tili tarixi va mamlakat siyosatida til vaziyati
  • Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti.

    Kafedraning hamkor tashkilotlari

O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Sharq tillari litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

NUML (National University of Modern Languages)

Hazara University

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

photo_2024-06-07_10-40-45 (2) photo_2024-06-07_10-40-45 (3) photo_2024-06-07_10-40-45 (4) photo_2024-06-07_10-40-45 photo_2024-06-07_10-40-46 (2) photo_2024-06-07_10-40-46 photo_2024-06-10_15-10-50

10.06.2024, 15:12 4157