Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’lon. YUNЕSKOning ta’limni rejalashtirish xalqaro instituti va YUNЕSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan vebinarga taklif etamiz

15.02.2021, 18:13 E'lonlar 1642

YUNЕSKOning ta’limni rejalashtirish xalqaro instituti va YUNЕSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2021-yil 16-fevral kuni 15:00 dan 17:00ga qadar “Peshqadam o‘qituvchilar: COVID-19 pandemiyasi tajribalari (Teachers on the frontline: lessons from COVID-19) mavzusida onlayn vebinar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak va ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tashkilotchilar tomonidan vebinarga kirish uchun login va porol yuboriladi:👇🏻

((https://www.eventbrite.com/e/teachers-on-the-frontline-lessons-from-covid-19-tickets-137421406125)

Bundan tashqari YUNЕSKOning ta’limni rejalashtirish xalqaro instituti tomonidan YUNЕSKO tashkiloti bilan hamkorlikda “Adolat, xususiylashtirish va ta’lim olish huquqi” mavzusida to‘rtta alohida vebinar o‘tkazilishi ko‘zda tutilib, ularning uchtasi xususiylashtirish va to‘rtinchisi ishtirokchilar davlatlarda COVID-19 pandemiyasi tufayli ko‘tarilgan masalalarni, jumladan o‘qituvchilarning o‘rni, masofaviy ta’lim muammolari va ularni hal qilish yo‘llari va texnologiyalaridan foydalanishda xususiy sektor ta’siri muhokama qilinadi.
Ushbu vebinarlar ingliz va fransuz tillarida bo’lib o’tadi.

Yuqorida qayd etilgan vebinarlarda quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng parolni kiritib, ishtirok etish mumkin: 👇🏻

((https://www.eventbrite.com/e/webinar-series-equity-privatization-and-the-right-to-education-tickets-136924870975)

Vebinarlar o‘tkazilish kunlari va mavzulari: 👇🏻
1. “Ta’limda xususiylashtirish: usullar va tarqalishi (Introduction to the privatization ofeducation: forms and diffusion)” 2021 yil17 fevral kuni soat 20.00-21.00.
2. “Yondashuvlarni taqqoslash: turli ta’lim tizimlari tajribalari (Comparing approaches:lessons: lessons from different educationsystems )” 2021 yil 24 fevral kuni soat20.00-21.00.
3. “Oldinga siljish: ta’limni inson huquqlari sifatida ta’minlash (Moving forward:delivering on education as a human right )” 2021-yil 3-mart kuni soat 20.00-21.00 da bo’lib o’tadi.
4. Yakuniy muhokama va asosiy xulosalar (Final discussion and key conclusions) 2021-yil 10-mart kuni soat 20.00-21.00 da bo’lib o’tadi.

TDSHU professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarining mazkur vebinarlarda ishtirok etishlari tavsiya etiladi.