Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’lon. Malayziyaning o‘qituvchilarni tayyorlash va malaka oshirish markazidan yana bir yangilik

15.02.2021, 18:50 E'lonlar 1774

Malayziyaning o‘qituvchilarni tayyorlash va malaka oshirish markazi (Center for Instructor and Advanced Skill Training – CIAST) tomonidan Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTSP) doirasida 2021-yil 22-26-mart kunlari “Yangi talabalarga mos onlayn ta’limda jonli efir video texnologiyalari (Live Video Technology for Online Training in New Norm )” mavzusidagi qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari e’lon qilingan.
Malayziya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar ingliz tilini (yozma va og‘zaki) talablarga javob beradigan darajada yaxshi bilishlari lozim, ular taqdim etilgan hujjatlar asosida tanlab olinadilar.
Mazkur onlayn o‘quv kurslari haqida batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va barcha zarur hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://mtcpcoms.kln.gov.my/mtcpcoms/online/list_course

Nomzodlar to‘ldirgan ma’lumotnomalar asl nusxalarini (4 asl nusxada bo‘lishi lozim) 2021 —yilning 16-fevral kuni soat 10:00gacha TDSHU Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.
Ma’lumotnoma (anketa) namunasi ilova qilinadi.

Анкета (Маълумотнома) илова

Universitet matbuot xizmati