Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponshunoslik xalqaro haftaligi bo‘lib o‘tadi

20.02.2021, 20:07 E'lonlar 2030

2021-yil 23-fevraldan 2-martga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponshunoslik  xalqaro haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur haftalik davomida Yaponiya oliy ta’lim muassasalari professorlarining maxsus onlayn ma’ruzalari, yaponshunoslik xalqaro forumi, TDSHU va yaponiyalik talabalar anjumani, yapon tili bo‘yicha notiqlik san’ati hamda ikebana san’ati kabi tadbirlar tashkil etiladi.

Ikki kun davom etadigan yaponshunoslik xalqaro forumi kunchiqar mamlakatning Tsukuba universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda 4 ta sho‘’ba faoliyat ko‘rsatadi. Forumda 7 davlatdan 40 nafar yaponshunos olimlarning ilmiy ma’ruzalari tinglanishi kutilmoqda. Jumladan, Yaponiyaning Tsukuba, Vaseda, Nagoya, Toyo va Aichi Shukutoku universitetlari, Vetnamning Xanoy universiteti, Rossiyaning Qozon, Sankt-Peterburg va Moskva davlat universitetlari, Sloveniyaning Lyublyana universiteti, Eronning Alloma Tabotaboiy universitetidan yaponshunos olimlar qatnashadi.

TDSHU va yaponiyalik talabalar forumi ikki kun davom etib, unda Tsukuba universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti, Aichi universiteti, Toyo universiteti va Tokio chet tillar universiteti talaba va doktorantlari o‘z ilmiy izlanishlari bo‘yicha ma’ruzalar qiladi. Bundan tashqari, Yaponiyaning hamkor universitetlaridan talabalar tinglovchilar sifatida ishtirok etadi.

Haftalik davomida Tsukuba va Kansay universitetlarining 3 nafar professori onlayn tarzda TDSHUning Yaponshunoslik fakulteti talabalari uchun bir qator ma’ruzalarini olib boradilar.

Alohida ta’kidlashimiz joizki, universitet faoliyatiga oid yangiliklar va e’lonlar doimiy ravishda mahalliy va xorijiy OAVlarga taqdim etib kelinadi. Mazkur forum haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni UZAga taqdim etilgan ma’lumotlarimizda ko’rishingiz mumkin. Havola quyida keltirilgan 👇🏻

https://www.uza.uz/uz/posts/yaponshunoslik-xalqaro-haftaligi-bolib-otadi_243226

A6A88DB0-AFE8-4A17-8095-5FF5DDA3FB52

Universitet matbuot xizmati