Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O’zbekiston mintaqaviy diplomatiyasi: muammolar yechimi va hamkorlik istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

03.03.2021, 22:17 Yangiliklar 1690

2021-yil 3-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlari siyosati xalqaro munosabatlar” kafedrasi “Siyosatdon” intelektual klubi talabalari tomonidan “O’zbekiston mintaqaviy diplomatiyasi: muammolar yechimi va hamkorlik istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

Ushbu konferensiya talabalarning siyosiy bilimlarini mustahkamlash, ularda ilmiy salohiyat va tahlil etish ko’nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosati va diplomatiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor jihatlari bilan atroflicha tanishib chiqish maqsadida ilk marotaba tashkil etildi. 

Mazkur konferensiyada O’zbekiston mintaqaviy diplomatiyasiga doir tahliliy videolavhalar namoyish etildi va talabalarning ma’ruzalari eshitildi.

62CB7A91-A446-4DC6-AAE0-AFC7D7411B36
A926D483-8FF9-46C8-BFF9-FC529A214262

C92D4EE0-7369-4C99-B809-390D45AABA60