Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ayni damda o’tkazilayotgan IHT tashkilotiga a’zo davlatlar universitetlari rektorlarining 1-simpoziumida TDSHU rektorining ishtiroki

04.03.2021, 14:11 Yangiliklar 2005

 Eron Islom Respublikasining Alloma Tabotaboiy universiteti hamda Tehron shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) ning Madaniyat instituti bosh qarorgohi tomonidan IHT tashkilotiga a’zo davlatlari universitetlari rektorlarining 1-simpoziumi ayni damda bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur simpozium onlayn tarzda bo‘lib, unda IHT ga a’zo davlatlar O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‘onistonning 20 ta yetakchi universitetlari rahbariyati ishtirok etmoqda.
O‘zbekistondan ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati taklif etilgan. Jumladan, TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva simpoziumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, universitet faoliyati xaqida ma’lumot berishi hamda IHT mintaqasi olimlari va universitetlarining ilmiy integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surishi kutilmoqda. Qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi havolada.

https://www.uza.uz/uz/posts/iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotiga-azo-davlatlar-universitetlari-rektorlarining-1-simpoziumi-bolib-otmoqda_246281

 

IMG_4890