Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Saudiya Arabiston Podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi axborot bo‘limi boshlig‘i Faysal M. Ba Abdulloh tashrif buyurdi

05.03.2021, 12:37 Yangiliklar 2350

2021-yil 4-mart Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abdullayev Nodir Abdulxayevich Saudiya Arabiston Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Axborot bo‘limi boshlig‘i Faysal M. Ba Abdullohni qabul qildi.
Uchrashuvda TDSHU huzuridagi Sharq mamlakatlari rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi direktori Q.Q.Haqberdiyev va Sharq madaniyati va merosini tadqiq etishilmiy-tadqiqot markazi direktori D.B.Sayfullayev ham ishtirok etdi.
Prorektor N.Abdullayev saudiyalik mehmonni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ilmiy faoliyati bilan atroflicha tanishtirib, bugungi kunda TDSHU professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, ilmiy hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda Universitetda nashr etilayotgan 5 ta ilmiy jurnallar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 2020-yilda TDSHU huzurida tashkil etilgan 2 ta ilmiy tadqiqot markazlarining faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalari bilan tanishtirdi.
Saudiyalik diplomat Faysal M. Ba Abdulloh uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, Saudiya Arabistoni Podshohligi bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga katta qiziqish bildirayotganini qayd etib ular Podshohlikda yuqori baholanayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga Elchixona ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar do‘stona ruhda rivojlanayotganidan mamnun ekanligini ta’kidladi. Faysal M. Ba Abdulloh Elchixona Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Saudiya Arabistoni oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.