Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Boʻlajak Koreyashunos -2021” insholar koʻrik tanlovi o’tkazildi

05.04.2021, 12:52 Yangiliklar 2085

2021-yil 3-aprel kuni Koreya haftaligi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida “Boʻlajak Koreyashunos -2021” insholar koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna koʻrik tanlov tashkiliy qoʻmita raisi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Voxidov Avazbek Ashuraliyevich koʻrik tanlovi tashkiliy qoʻmitasi rais o‘rinbosari sifatida ishtirok etdilar. Akademik litsey direktori Sultanov Hojimurod Abdulhakimovich, Koreyashunoslik fakultet dekani Usmanova Shoira Rustamovna, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Saydazimova Umida Turaxanovna hamda fakultet oʻqituvchilari Murodova Durdona, Nazarova Madina, Alimova Dildoralar tashkiliy qoʻmita aʼzolari sifatida ishtirokchilarni baholab bordilar. Tanlov ishtirokchilariga  “Agar” (만약) jumlasini davom ettirgan holda insho yozish vazifasi topshirildi. Inshoda shu soʻz orqali talabalarning oʻz orzu-intilishlari, maqsadlarini badiiylikka yoʻgʻrilgan holda koreys tilida yoritishlari talab etildi. Ishtirokchilarni baholash mezonlarida soʻz va grammatikalar hilma-xilligi, insho hajmi va mazmuniga eʼtibor berildi. Ishtirokchilar yozgan insholari orqali oʻz orzu-maqsadlarida Koreyashunoslik sohasining oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida ham turli fikr va qarashlarini yoritib oʻtganligi albatta eʼtiborga loyiq. Tanlov natijalariga koʻra, Baxodirova Madina  1-oʻrinni, Kasimova Mohira vaTursunova Dildora 2-oʻrinni, Nazirkulov Azizbek va Shodmanova Kamilla 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Koʻrik tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilariga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.