Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Saylov qonunchiligi va amaliyoti: saylov huquqining yangi kafolatlari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

13.04.2021, 20:25 Yangiliklar 1926

Bugun , 13- aprel kuni TDSHUda Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda  “Saylov qonunchiligi va amaliyoti: saylov huquqining yangi kafolatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda MSK a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, TDSHU professor-o‘qituvchilari saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar yuzasidan ma’ruza qildilar.

Davra suhbati davomida talabalarga saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi, saylovchilar ro‘yxatlari Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuzilishi, haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida talabalar saylov qonunchiligi bilan bog‘liq savollarga javoblar olishdi.