Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida respublika miqyosida XIII ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

24.04.2021, 16:58 Yangiliklar 1685

2021-yil 24-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida respublika miqyosida XIII ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Hozirgi karantin sharoitlarini inobatga olgan holda onlayn tartibda o‘tkazilgan ushbu konferensiyani TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva ochib berib, bugungi kundagi sharqshunoslar va umuman milliy tarix, jumladan, manbashunoslik tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlash va bu borada olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, universitetda tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik bo‘yicha ilmiy izlanishlar va ularning holati, ilmiy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash, yangi kafedralar hamda ularning faoliyati, chop etilgan eng yangi ilmiy va o‘quv adabiyotlari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning milliy tarixini yaratish, bu yo‘nalishdagi izlanishlarni yanada chuqurlashtirish, sharqshunos kadrlarni tayyorlash ishlarini jadallashtirishga qaratilgan davlat dasturi ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.