Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ogahiy ijodi bugungi avlodga maktab

26.04.2021, 20:56 Yangiliklar 2139

O‘zbekiston  tarixini asrlar osha yetib kelgan yozma meros asosida xolisona va chuqur o‘rganish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu merosning salmoqli qismini vatanimizdan yetishib chiqqan olimlarning asarlari tashkil etadi.

Ulardan biri  serqirra inson, ko’plab sohalarning bilimdoni Muhammad Rizo o’g’li Ogahiydir.

Ogahiyning hayoti, ijodi haqida ko’p to’xtalamiz. Hattoki, TDSHUda “Ogahiy” nomi bilan tashkil etilgan stependiya, to’garaklar, mutafakkir nomi bilan ta’sis etilgan ko’krak nishoni haqida ham avvalgi xabarlarimizda aytib o’tganmiz. Lekin har safar qahramonimizning ijodi haqida  yangicha bilimlar uyg’onaveradi. So’zimiz isboti o’laroq bugun, 26-aprel kuni  Adiblar xiyoboniga qilingan navbatdagi tashrifni keltirshimiz mumkin.

Mazkur tashrif Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining«Koreyashunoslik» fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan amalga oshirildi.

Universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan kirish so’zi bilan ochib berilgan,  “Ogahiy ma’rifati yosh sharqshunoslar talqinida» mavzusidagi tadbirda O‘zbekiston xalq xofizi Erkinjon Ro‘zimatov, universitetning “Sanduvoch” ansambli badiiy rahbari Bekmurod Davronov, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, Koreyashunoslik fakulteti 2 bosqich talabalari o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilar ishtirok etdilar.

Ogahiy ijodiga mansub taqdim etilgan ijrolar  kuzatuvchilarga xush kayfiyat armug’on etdi.

8463FDAB-8D1D-4275-BD4C-39FCBDF879F1

8D2CDB1F-633C-4D6D-8025-407B20CFFF1D

EAEE6FA9-5ED6-4086-BF9D-F24751303443

 

D9A81F94-1A05-4A61-BCFC-1D52098863F3

094C0E08-9B92-4040-8815-48EF305742BC

 

25F44C30-9681-426B-B4ED-5B7744234FB0